Bavariya maglubiyatidan so'ng Yevropada 8 klub yutqazmadi

Bavariya maglubiyatidan so'ng Yevropada 8 klub yutqazmadi

Myunxenning «Bavariya» klubi shanba kuni joriy mavsumdagi ilk maglubiyatini qabul qildi — jamoa o'z maydonida «Augsburg»ga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Natijada Yevropa futbolida hozircha maglubiyatsiz ketayotgan klublar soni sakkiztaga tushdi. Ular orasida, avvalo, Portugaliyaning ikki grandi — «Portu» va «Benfika» ajralib turibdi. «Portu» chempionatdagi 18 o'yindan 17 tasida g'alaba qozongan, faqat bir uchrashuvda durang qayd etgan.

San-Marino chempionatida ham ikki jamoa hanuz maglubiyat nimaligini bilmayapti — «La Fiorita» va «Tre Fiori».

Farer orollarida «Klaksvik», Shimoliy Makedoniyada «Vardar» ham turnirni yutqazmasdan davom ettirmoqda. Chexiyada «Slaviya», Turkiyada esa «Fenerbahche» hozircha maglubiyatsiz seriyasini saqlab qolgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar