Laporta Dro Fernandesning PSJga ketishini izohladi va afsus bildirdi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta yarimhimoyachi Dro Fernandesning PSJga o‘tishi ortidagi tafsilotlar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchi kataloniyaliklar safida qolishi kutilayotgani, biroq keyinchalik fransuz grandi taklifini qabul qilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Biz 18 yoshga to‘lganida shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olgandik. Ammo keyin uning agenti Dro yakunda fikridan qaytganini aytdi. Bu yoqimsiz vaziyat bo‘ldi», — dedi Laporta. Uning so‘zlarini insayder Fabritsio Romano keltirdi.
Katalon klubi rahbari 18 yoshli futbolchining bunday qarori uni jiddiy hayratda qoldirganini ham yashirmadi. 2025/2026 yilgi mavsumda Dro barcha musobaqalarda sakkiz o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!