date

Agent Zaxaryanni keskin tanqid qildi yana bir omadsiz legioner

Agent Zaxaryanni keskin tanqid qildi yana bir omadsiz legioner

Futbol agenti Denis Laxter rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning Ispaniyaning «Real Sosyedад» klubidagi faoliyati yuzasidan keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Zaxaryan Rossiyadan tashqarida barqaror o‘yin ko‘rsata olmaydi. Laxter futbolchida na yetarli xarakter, na ajralib turadigan o‘yin fazilatlari borligini ta’kidladi. Uning fikricha, Zaxaryan Rossiya va Ispaniyada pulni «topmagan», balki shunchaki «olgan» va u Yevropada o‘zini yo‘qotgan navbatdagi rossiyalik futbolchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli yarim himoyachi 2023 yil yozida San-Sebastyan jamoasiga borib qo‘shilgan.

Zaxaryanning «Real Sosyedад» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 7,5 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Agent Zaxaryanni keskin tanqid qildi yana bir omadsiz legioner