date

Kamp Nou taʼmiridan keyin ham tanqidlar kuchaydi

Kamp Nou taʼmiridan keyin ham tanqidlar kuchaydi

Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ning «Ovyedo»ga qarshi so‘nggi uy uchrashuvida telekameralar tez-tez tribunalarni ko‘rsatdi: yomg‘ir paytida muxlislar o‘rindiqlarda ochiq soyabon ostida o‘tirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bu holat keskin baholanmoqda. Sababi — arenani rekonstruksiya qilishga 800 million yevro sarflandi, «Barselona» esa bir necha yil stadiondan foydalana olmadi. Shunga qaramay, yomg‘ir yog‘ganda tomdan suv o‘tishi muxlislar noroziligiga sabab bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, «Kamp Nou» 1957 yilda qurilgan va UEFAning eng nufuzli to‘rtinchi toifasiga kiradi. Stadion Yevropa va jahon chempionatlari o‘yinlariga, shuningdek 1992 yilgi Olimpiada futbol musobaqasiga mezbonlik qilgan, final bahsi ham shu yerda o‘tkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kamp Nou taʼmiridan keyin ham tanqidlar kuchaydi