Yuriy Syomin Chempionlar ligasida asosiy favoritni aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yuriy Syomin «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida Chempionlar ligasi pley-offi arafasidagi kutilmalarini bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Syominning ta’kidlashicha, guruh bosqichidayoq ko‘plab qiziqarli o‘yinlar va intriga kuzatildi, pley-off esa odatdagidek yanada keskin va tomoshabop bo‘ladi. Uning fikricha, bu bosqichda eng kuchlisi g‘olib chiqadi, favorit sifatida esa u «Arsenal»ni ko‘rayotganini aytdi.
Hozircha turnirda 7 o‘yinda 7 g‘alaba qayd etgan yagona jamoa — Londonning «Arsenal» klubi. «Kanonirlar» Chempionlar ligasi jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va 28-yanvar kuni yakuniy turda «Qayrat»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing