date

Andronov Verder Hoffenhaym uchrashuvi uchun taxmin berdi

Andronov Verder Hoffenhaym uchrashuvi uchun taxmin berdi

Germaniya Bundesligasining 16-turi doirasidagi qoldirilgan uchrashuvda Bremenning “Verder” jamoasi o‘z maydonida “Hoffenhaym”ni qabul qiladi. Ushbu bahs haqida futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Andronovning ta’kidlashicha, har ikki jamoa ham ko‘p gol uradigan va o‘tkazib yuboradigan jamoalar qatoriga kiradi. Sharhlovchi buning tasdig‘i sifatida “Verder”ning yaqinda 3:3 hisobidagi o‘yinini eslatib, eng maqbul variant sifatida “Hoffenhaym yutqazmaydi” hamda “ikkalasi ham gol uradi” garovini tavsiya qildi.

“Verder” – “Hoffenhaym” uchrashuvi bugun, 27-yanvar kuni Bremen shahrida bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Andronov Verder Hoffenhaym uchrashuvi uchun taxmin berdi