Zaharyan jarohatdan so'ng qachon maydonga qaytadi

«Real Sosedad» yarim himoyachisi Arsen Zaharyanning ishlari bilan shug'ullanuvchi agent Gennadiy Golubin futbolchining tiklanish jarayoni va qaytish muddati haqida ma'lumot berdi. Rossiyalik futbolchi avvalroq jarohati sabab Ispaniya chempionatidagi ikki uchrashuvni o'tkazib yuborgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, jamoa bugun dam oladi, ertadan boshlab esa Zaharyan hech qanday cheklovlarsiz umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shiladi. Bu haqda «Match TV» xabar berdi.
Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 16 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
«Real Sosedad» navbatdagi uchrashuvini 1 fevral kuni Bilbao «Atletik»iga qarshi o'tkazadi. La Liganing 22-tur bellashuvi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start olishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!