Mourinyu Alonso iste’fosiga munosabat bildirib, hayratlanmasligini aytdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Xabi Alonsoning «Real»dagi murabbiylik lavozimidan ketishi haqidagi savolga javob berdi. Portugaliyalik mutaxassis futbol olamida bunday voqealar uni ajablantirmasligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Xabi — mening yigitlarimdan biri, u haqida faqat iliq xotiralarim bor. Ertaga Arbeloaga qarshi o‘ynayman va yana hayajon bo‘ladi. Alonsoga qarshi o‘ynaganimda ham hayajonlangandim, endi buni Arbeloa bilan yana his qilaman. Xabining “Bayer”dagi ishini ko‘rib xursand bo‘ldim. “Real”da u bilan nima bo‘lgani meni qiziqtirmaydi. Futbolda meni hech narsa hayratga solmaydi. Ishonamanki, u boshqa yo‘lni tanlaydi va baxtli bo‘ladi. U a’lo murabbiy», — dedi Mourinyu matbuot anjumanida.
«Benfika» va «Real» Chempionlar ligasi doirasida 28-yanvar kuni o‘zaro bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!