Ferrran Torres safga qaytdi va Barselona safida o'ynashi mumkin

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hujumchi Ferran Torresning holati haqida ma'lumot berdi. Futbolchi o'tgan dam olish kunlari Ispaniya La Ligasida "Real Ovedo"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matbuot anjumanida Flik Torresning yaqin o'yinga tayyor-tayyor emasligi borasidagi savolga javob qaytardi: "Ha, u bilan hammasi joyida. Ko'rinishidan tayyor, ertaga maydonga tushishi mumkin. Uning bunchalik tez tiklangani meni xursand qildi", — dedi murabbiy.
"Barselona" 28-yanvar, chorshanba kuni Chempionlar ligasida "Kopengagen"ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing