date

Di Mariya Argentina va Ispaniyani dunyoning eng kuchlisi dedi

Di Mariya Argentina va Ispaniyani dunyoning eng kuchlisi dedi

Oradan ikki oy o‘tib, 27 mart kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari Finalissimada maydonga tushadi. Ushbu bellashuvda Amerika Kubogi amaldagi g‘olibi hamda Yevropa chempioni kubok uchun kurashadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Anxel di Mariya bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, bu to‘qnashuv dunyodagi eng kuchli ikki terma jamoani bir sahnaga olib chiqadi.

“Bular dunyodagi ikki eng yaxshi terma jamoa. Umid qilamanki, Argentina g‘alaba qozonadi. O‘yin tomoshabop bo‘ladi, chunki jamoalarning ritmi va o‘yinga qarashi o‘xshash. Bu haqiqiy to‘p nazorati uchun kurash bo‘ladi, negaki ikkisi ham deyarli bir xil uslubda o‘ynaydi”, — dedi di Mariya AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Finalissimada Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. O‘sha uchrashuvda di Mariya ham gol mualliflaridan biri bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Mariya Argentina va Ispaniyani dunyoning eng kuchlisi dedi