date

Real Endrikning kelajagi bo'yicha aniq qaror chiqardi

Real Endrikning kelajagi bo'yicha aniq qaror chiqardi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik hozirda «Lion»da ijara asosida o'ynamoqda va u yerda o'zini yorqin ko'rsatyapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli braziliyalik fransuz jamoasi safida uchta uchrashuvda 4 ta gol urib, 1 ta assist ham qayd etdi. Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsda esa Endrik xet-trik muallifi bo'ldi.

Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Real»ning pozitsiyasi qat'iy: klub futbolchiga hanuz ishonadi va u Madridga qaytgach o'zini asosiy tarkibda ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. «Lion» ijarani uzaytirishga urinishi mumkin, biroq «qirollik klubi» rahbariyati istiqbolli hujumchini qaytarishni rejalashtirmoqda.

Endrikning ispan grandi bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Endrikning kelajagi bo'yicha aniq qaror chiqardi