date

Dani Olmo Barselonada Fermin bilan raqobat haqida gapirdi

Dani Olmo Barselonada Fermin bilan raqobat haqida gapirdi

“Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo asosiy tarkib uchun Fermin Lopes bilan kechayotgan kurash borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So‘nggi haftalarda har ikki futbolchi ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgani sababli bosh murabbiy Hans-Diter Flik uchun kimga ko‘proq ishonch bildirish masalasi oson emas.

Olmoning aytishicha, ular go‘yoki bitta pozitsiya uchun raqobatlashayotgandek ko‘rinsa-da, bu jamoa ichida hech qachon muammo bo‘lmagan. Aksincha, so‘nggi paytlarda Olmo va Fermin maydonda birga ko‘proq paydo bo‘layotganini ta’kidladi. “Biz birga o‘ynashga 100% mos ekanimizni isbotladik. U bilan o‘yin vaqtini bo‘lishayotganimdan xursandman”, — dedi Olmo Managing Barca nashriga.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi oxirgi ikki uchrashuvda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dani Olmo Barselonada Fermin bilan raqobat haqida gapirdi