Monako Pol Pogba bilan hamkorlikni erta tugatishi mumkin

Pol Pogbaning maydonga qaytishi kutilganidek kechmayapti. Monako yarim himoyachini o‘tgan yozda safiga qo‘shib olgandi va klub futbolchi diskvalifikatsiyadan keyin formaga kirishi uchun vaqt kerak bo‘lishini tushunardi. Biroq tiklanish jarayoni cho‘zilib ketdi: fransuz hozirgacha jami 30 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Monako endi jahon chempioni bilan hamkorlikni muddatidan avval yakunlash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Pogba bilan shartnoma 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, ammo kelishuv ancha oldin ham bekor qilinishi mumkin.
Mart oyida Pol Pogba 33 yoshga to‘ladi. Ayni paytda futbolchi navbatdagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing