Nikolas Pas Komodagi o'yinlarga e'tibor qaratganini aytdi

Italiyaning «Como» klubi yarim himoyachisi Nikolas Pas jamoadoshi Alvaro Morata haqida fikr bildirdi va uning Madridning «Real»iga qaytishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga munosabatini bildirib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pasning ta’kidlashicha, Morata kabi tajribali futbolchi bilan bir jamoada o‘ynash katta zavq. U hujumchining boy tajribasi va yorqin faoliyati «Como» uchun muhim ekanini, jamoa esa Morataga yordam berib, uning bilim va ko‘nikmalaridan imkon qadar ko‘proq o‘rganishga intilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, yarim himoyachi kelajagi borasida aniq qarorga kelmaganini yashirmadi: u Madridga qaytadimi yoki «Como»da qoladimi — hozircha noma’lum. Pas hozir barcha diqqatini aynan «Como» safidagi o‘yinlarga qaratganini, maqsad esa har bir uchrashuvdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tib, turnir jadvalida imkon qadar yuqoriga ko‘tarilish ekanini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Nikolas Pas 2024 yil avgust oyidan beri «Como» safida to‘p surmoqda. U «Real»dan 6 million yevro evaziga transfer qilingan, amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!