date

Denis Makarov Kayserisporga o'tdi va jadvaldan cho'chimadi

Denis Makarov Kayserisporga o'tdi va jadvaldan cho'chimadi

Hujumkor yarim himoyachi Denis Makarov Moskvaning «Dinamo»sini tark etib, Turkiyaning «Kayserispor» jamoasiga qo'shildi. 27 yoshli futbolchi transfer bo'yicha qaror qabul qilayotganda klubning turnir jadvalidagi holati unga bosim qilmaganini aytdi. Hozirda «Kayserispor» Superliga jadvalida 17-o'rinda, ya'ni so'nggi pog'onalardan birida bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Makarovning ta'kidlashicha, aksincha, bunday vaziyat unga qiziqarli sinov bo'lib ko'ringan: u uchun eng muhimi maydonda muntazam o'ynash, jamoaga foyda keltirish. Futbolchi og'ir pallalarda aynan har bir o'yinchining xarakteri namoyon bo'lishini qayd etdi.

«Kayserispor» navbatdagi uchrashuvini yakshanba, 1 fevral kuni safarda Turkiyaning amaldagi chempioni «Galatasaray»ga qarshi o'tkazadi. O'yin 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Kayserisporga o'tdi va jadvaldan cho'chimadi