Kasado Kopengagen bilan o'yin biroz murakkab kechganini aytdi

Kasado Kopengagen bilan o'yin biroz murakkab kechganini aytdi

Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado Yevropa Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 8-tur bahsida kataloniyaliklar raqibini 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Kasadoning so‘zlariga ko‘ra, “Kopengagen”ga qarshi o‘yin kutilganidan qiyinroq o‘tgan va jamoani biroz xavotirga ham solgan. Shunga qaramay, eng muhimi — uch ochko qo‘lga kiritilgani va ilk sakkizlikda marraga yetib borilgani. U qo‘shimcha pley-off raundidan qochish tig‘iz taqvim sharoitida jamoaga katta yengillik berishini ta’kidladi.

8 tur yakunlariga ko‘ra, “Barselona” turnir jadvalida 16 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar