date

Bavariya Goretska mavsum oxirida ketishini tasdiqladi

Bavariya Goretska mavsum oxirida ketishini tasdiqladi

Myunxenning «Bavariya» klubida Leon Goretskaning kelajagi bo‘yicha aniq bayonot berildi: jamoa sport direktori Kristof Froind yarim himoyachi mavsum yakunida klubni tark etishini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq 30 yoshli futbolchi ham ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qoldirib, «Bavariya» bilan xayrlashish arafasida ekanini ma’lum qilgandi.

Matbuot anjumanida Froind yozgi rejalar yuzasidan futbolchi bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Goretskaning Myunxendagi davri yozda yakuniga yetadi va sakkiz yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan so‘ng u boshqa klubga yo‘l oladi.

Goretska «Bavariya» safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol muallifiga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Goretska mavsum oxirida ketishini tasdiqladi