Kasado Flik tanaffusda jamoaga nimalar deganini aytdi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado “Kopengagen”ga qarshi o‘yinda tanaffusda bosh murabbiy Xans-Diter Flik jamoa o‘yinidan norozi bo‘lib, tempni oshirishni talab qilganini aytdi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘limni 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda hisobni o‘zgartirib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kasadoning so‘zlariga ko‘ra, jamoa o‘z o‘yinini raqibga tiqishtirib, uni ko‘proq yugurishga majbur qilishi kerak.
“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado “Kopengagen”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi omadsiz yakunlangach, bosh murabbiy Xans-Diter Flik tanaffusda qanday munosabat bildirganini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yevropa Chempionlar ligasining 8-turida kataloniyaliklar tanaffusga 0:1 hisobida yutqazib ketgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda o‘yinni butunlay o‘zgartirib, ishonchli kambek bilan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kasadoning aytishicha, tanaffusda Flik jamoa o‘yinidan norozi bo‘lgan va futbolchilardan tempni oshirishni talab qilgan. “Raqiblar bizni allaqachon yaxshi biladi, lekin bizning g‘oyamiz — o‘z o‘yinimizni tiqishtirish va raqibni ko‘proq yugurishga majbur qilish”, — deya Kasadoning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
8 tur yakunlariga ko‘ra, “Barselona” umumiy jadvalda beshinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oldi.






























Izohlar 0
…