Inter yarim himoyachisi Asllani Turkiya chempionatiga yo'l olmoqda

«Inter» yarim himoyachisi Kristian Asllani Turkiyaning «Beshiktash» klubiga o'tmoqda. 23 yoshli futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha ijara asosida o'ynaydi, kelishuvda uni keyinchalik to'liq sotib olish bandi ham bor. Mavsumning birinchi qismida «Torino» safida to'p surgan Asllani Italiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etmadi. «Beshiktash» Turkiya chempionatining joriy mavsumida turnir jadvalining beshinchi pog'onasida bormoqda.
Milaning «Inter» klubida to'p surayotgan albaniyalik yarim himoyachi Kristian Asllani Turkiya Superligasiga ko'chmoqda. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining keyingi manzili Istanbulning «Beshiktash» klubi bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Asllani turk grandi bilan 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan ijara shartnomasini imzolaydi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik to'liq sotib olish bandi ham ko'zda tutiladi.
Mavsumning birinchi qismida Asllani «Torino» safida ijara asosida o'ynagan. U Italiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.
Turkiya chempionatining joriy mavsumida «Beshiktash» turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.






























Izohlar 0
…