Dibala tibbiy ko'rikdan o'tdi va ijobiy xulosa olindi

"Roma" hujumchisi Paulo Dibala tibbiy ko'rikdan o'tib, jiddiy shikastlanishga ega emasligi tasdiqlandi. Argentinalik futbolchida faqat yon kapsula sohasida yengil yallig'lanish aniqlangan va u fizioterapiya hamda individual mashg'ulotlarni boshlagan. Dibalaning holati kunma-kun nazorat qilinib, to'liq safga qaytish muddati shunga qarab belgilanadi.
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala tibbiy tekshiruvdan o'tdi. Natijalar xushxabar: ko'rik futbolchida jiddiy shikast borligini tasdiqlamadi, deya xabar beradi Pazzidifanta. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchida faqat yon kapsula sohasida yengil yallig'lanish aniqlangan. 32 yoshli hujumchi allaqachon fizioterapiya kursini boshlab, individual mashg'ulotlar dasturi bo'yicha ishlamoqda.
Dibalaning holati kunma-kun nazorat qilinadi va u qachon to'liq safga qaytishi mumkinligi shu asosda aniqlanadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Paulo Dibala 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Ayni paytda "Roma" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.






























Izohlar 0
…