"Tottenxem"-"Manchester Siti": bahs uchun taxminiy tarkiblar ochiqlandi

"Tottenxem"-"Manchester Siti": bahs uchun taxminiy tarkiblar ochiqlandi
Qisqacha

Bugun Angliya Premyer-ligasining 24-turida "Tottenxem" va "Manchester Siti" o'rtasida muhim uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Ikkita jamoaning ehtimoliy start tarkiblari bir nechta manbalarda e'lon qilindi, "Tottenxem"da himoyachilar va "Siti"da yarim himoyachilar o'rtasida tanlovlar mavjud. Abduqodir Husanovning boshlang'ich tarkibda o'ynashi ehtimoli yuqori, bu esa o'zbek muxlislari uchun quvonchli yangilik.

Bugun Angliya Premer-ligasi 24-turidan o‘rin olgan markaziy bahslardan biri — "Manchester Siti" safarda "Tottenxem Xotspur"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Bellashuv oldidan bir nechta nufuzli nashrlar ikki jamoaning ehtimoliy start tarkiblarini e’lon qildi. Qizig‘i — variantlar o‘rtasida ayrim pozitsiyalarda farq bor: “Tottenxem”da markaziy himoyachi tanlovi, “Siti”da esa yarim himoyadagi bir nom atrofida bahs ketyapti. Quyida barcha versiyalar to‘liq keltirilgan.

Sports Mole versiyasi

“Tottenxem”: Gulelmo Vikario, Djed Spens, Kristian Romero, Mikki van de Ven, Destini Udodji, Joau Palinya, Konor Gallaxer, Uilson Odobert, Xavi Simons, Randal Kolo Muani, Dominik Solanke.

“Manchester Siti”: Djanluidji Donnarumma, Mateus Nunes, Abduqodir Husanov, Mark Gexi, Niko O’Rayli, Rodri, Rayan Sherki, Bernardu Silva, Tijjani Reynders, Antuan Semeno, Erling Xoland.

SportsGambier talqini

“Tottenxem”: Vikario, Spens, Romero, Kevin Danso, Udodji, Palinya, Gallaxer, Odobert, Simons, Archi Grey, Solanke.

“Manchester Siti”: Donnarumma, Nunes, Husanov, Gexi, O’Rayli, Rodri, Sherki, Silva, Fil Foden, Semeno, Xoland.

Sporting News versiyasi

“Tottenxem”: Vikario, Spens, Romero, Van de Ven, Udodji, Grey, Gallaxer, Odobert, Simons, Pap Mattar Sarr, Solanke.

“Manchester Siti”: Donnarumma, Nunes, Husanov, Gexi, O’Rayli, Rodri, Sherki, Silva, Reynders, Semeno, Xoland.

Sports Illustrated talqini

Bu versiyada hatto taktik sxema ham ko‘rsatilgan — “Tottenxem” 4-2-3-1, “Siti” esa 4-1-4-1 ko‘rinishida.

“Tottenxem” — Tomas Frank XI (4-2-3-1):

Vikario; Spens, Romero, Van de Ven, Udodji; Gallaxer, Palinya; Matis Tel, Simons, Odobert; Solanke.

“Manchester Siti” — Pep Gvardiola XI (4-1-4-1):

Donnarumma; O’Rayli, Gexi, Husanov, Nunes; Rodri; Sherki, Silva, Reynders, Semeno; Xoland.

Nimaga e’tibor qilish kerak?

  • Bir necha manbada ham Abduqodir Husanovning startda tushishi ehtimoli yuqori ko‘rsatilgan — bu biz uchun alohida kayfiyat.
  • “Tottenxem”da esa markazda Van de Venmi yoki Dansomi — asosiy savol shu.

Qolgani odatdagidek: to‘p o‘yinga kirsa, taxminlar “rasmiy reja”ga aylanadi. Bugun 21:30 da hammasini maydonning o‘zi hal qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar