21:56 / 01.03.2017
3 331

Ulkan g‘alabalar yo‘lida birlashaylik!

Ulkan g‘alabalar yo‘lida birlashaylik!

Har yili mart oyining kirib kelishi barchamizga ko‘plab quvonchli onlarni xadya etishiga o‘rganib qolganmiz. Bir-biridan go‘zal va maftunkor bayramlarimiz qalblarimizga olam – olam quvonch olib kelishi bor gap.

Shunday bayramlarimiz qatorida yana biri borki, u bizga chin ma’nodagi xursandchilikni olib keladi. Darhaqiqat, bahor oyining boshlanishi haqiqiy futbol muxlisi uchun bayram desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Sanoqli kunlardan so‘ng, milliy chempionatimizga ham start beriladi. Bu kunni haqiqiy muxlislar orziqib kutadi, kerak bo‘lsa kun sanaydi.

Mart oyining so‘nggi kunlari o‘zbek muxlislari uchun bayram bo‘lsa ajab emas, 23 mart kuni Suriya, 28 mart kuni Qatarga qarshi jahon chempionati saralash baxslari doirasidagi hal qiluvchi baxslar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlarda barchamiz, futbolchilardan tortib, muxlislargacha birga bo‘lishimiz, bir maqsad yo‘lida birlashishimiz zarurligini bugungi kunimiz ko‘rsatib turibdi. Aynan shu o‘yinlardagi g‘alabalar bizga jahon chempionati eshiklarini ochib berishi mumkin.

Shunday ekan, keling ulkan g‘alabalar yo‘lida barchamiz birga bo‘laylik! Bir oiladek bo‘lib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik. Aytganchi, chempionatimiz o‘yinlariga ham borish esdan chiqmasin...


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulkan g‘alabalar yo‘lida birlashaylik!