
Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati 25 turida "Las Palmas"ni o‘z maydonida qabul qildi va ochko yo‘qotdi.
Uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi. Avvaliga hammasi madridliklar uchun yaxshi boshlangan edi. Isko 8 daqiqada gol urib, "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo "Las Palmas" tarkibida Dominges 10 daqiqadayoq javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Garet Beyl maydondan chetlatilgach, "Real" og‘ir vaziyatda qoldi. 56 daqiqada Viera penaltidan gol urib, "Las Palmas"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 59 daqiqada Boateng ustunlikni yana oshirdi.
Faqat so‘nggi daqiqalarda Krishtianu Ronaldu penalti va o‘yindan gol urgani "Real"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa madridliklar La ligada ikkinchi o‘ringa tushib ketdilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar