date

Gvardiola Gehi Angliya Liga kubogi finalida o‘ynay olmasligidan norozi

Gvardiola Gehi Angliya Liga kubogi finalida o‘ynay olmasligidan norozi

Angliya Liga kubogi finali oldidan “Manchester Siti” atrofida yangi muhokama boshlandi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola musobaqa reglamenti sabab himoyachi Mark Gehi hal qiluvchi bahsda maydonga tusha olmasligidan ochiq norozilik bildirdi.

22 mart kuni o‘tkaziladigan finalda “shaharliklar” “Arsenal”ga qarshi to‘qnash keladi. Biroq qoidalarga muvofiq, qishki transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan Gehi bu o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu holat Gvardiolani qoniqtirmayapti.

Kataloniyalik mutaxassis masala yuzasidan keskin pozitsiya bildirdi va tashkilotchilarni qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning fikricha, bu qoida mantiqan tushunishga qiyin.

“Liga kubogi tashkilotchilarini Mark Gehi finalda o‘ynashi mumkinligiga ishontira olishimizga umid qilaman. Chunki bu vaziyatni tushunish oson emas. Klub bir futbolchi uchun katta mablag‘ sarflaydi, u bizga tegishli va biz unga maosh to‘laymiz. Nega u finalda o‘ynay olmasligi kerak — tushunmayapman. Umid qilamanki, qarorni o‘zgartiradilar. Biz bu masala bo‘yicha tashkilotga rasmiy maktub yuboramiz”, — dedi Gvardiola TNT Sports’ga bergan izohida.

Muammoning huquqiy tomoni ham aniq. Angliya futbol ligasi reglamentining 6.4-bandiga ko‘ra, bir futbolchi bir mavsumda Liga kubogida ko‘pi bilan ikki klub safida o‘ynashi mumkin. Shuningdek, u qishki transfer oynasi yopilishidan oldin yoki yarimfinalning birinchi bahsiga qadar avvalgi klubi (yoki ijaradagi jamoasi) safida ushbu musobaqada qatnashgan bo‘lishi kerak.

Aynan shu band Gehiga to‘siq bo‘lmoqda. U joriy mavsum Liga kubogida “Kristal Pelas” tarkibida maydonga tushgan. Himoyachi 19 yanvar kuni “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan. Shu bilan birga, “Siti” yarimfinalning ilk bahsini 13 yanvar kuni “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Qisqasi, Gehi transferdan oldin boshqa klubda musobaqada ishtirok etgani sabab finalda o‘ynay olmayapti. Gvardiola esa buni adolatli deb hisoblamayapti va istisno bo‘lishiga umid qilmoqda.

Endi savol bitta: reglament o‘zgarmasmi yoki “Siti” finalga asosiy himoyachilaridan birisiz chiqadimi? Finalgacha bu mavzu hali ancha muhokama qilinadiganga o‘xshaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Gehi Angliya Liga kubogi finalida o‘ynay olmasligidan norozi