Arrasate Mallorka birinchi bo'limda bor kuchini sarfladi

"Mallorka" bosh murabbiyi Yagoba Arrasate Ispaniya chempionati 23-turida "Barselona"ga qarshi 0:3 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so'ng natijani tahlil qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa imkoniyatlarini asosan birinchi taymdayoq ishga solib bo'lgan. Unga ko'ra, faqat yaxshi jismoniy holat yetarli emas, vaziyatlardan aniq foydalanish ham zarur: "Barselona"ning ilk goli rikoshetdan keyin keldi, "Mallorka" esa 2-3 ta juda qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi. Ikkinchi bo'limda esa energiya yetishmadi va raqib ustunroq bo'ldi.
Arrasate taktika bo'yicha ham fikr bildirdi: Matu bilan 5 nafar himoyachi sxemasiga o'tish varianti bo'lgan, jamoa to'pni yomon nazorat qilmagan, ammo yakunlovchi zarbalarda aniqlik yetishmagan. Murabbiy o'yinga jon kirgizish uchun uch karra almashtirish qilgan paytda Lamine Yamal gol urib, hisob 0:2 ga aylanib ketgani va vaziyat yanada og'irlashganini ta'kidladi.
Ushbu bahsdan so'ng "Mallorka" 24 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda, 58 ochkoga ega "Barselona" esa turnir jadvalida yetakchiligini saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!