Mbappe Real safida uch yulduzsiz maydonga tushadi

Madridning “Real” jamoasi La Liganing 23-turida “Valensiya”ga qarshi uchrashuv arafasida tarkibdagi muhim yo‘qotishlarga duch keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kungi o‘yinda diskvalifikatsiya sabab Vinisius Junior qatnasha olmaydi. Shuningdek, jarohat olgan Jud Bellingem va Rodrygo ham jamoaga yordam bera olmaydi. Madrid Universal xabariga ko‘ra, bu Kilian Mbappe “qaymoqranglilar” safida ilk bor ushbu uch futbolchisiz o‘ynaydigan holat: bungacha fransuz hujumchisi bilan kamida ulardan biri doim maydonda bo‘lgan.
Mbappe 2024 yil yozida “PSJ”dan erkin agent sifatida “Real”ga kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 30 uchrashuvda 37 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing