Flik Barselona debutanti Markesni de Yongga qiyosladi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarim himoyachi Tommi Markes haqida fikr bildirdi. 19 yoshli futbolchi shanba kuni «Mallorka»ga qarshi uchrashuv (3:0) yakunida zaxiradan maydonga tushib, asosiy jamoa safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Matbuot anjumanida Flik Markesni Frenki de Yongga o‘xshatib, hatto uni «Frenkining ukasiga o‘xshaydi» deya ta’kidladi. Mutaxassis Tommining mashg‘ulotlardagi ishonchli o‘yini, doimiy o‘sishi va to‘p bilan muomalasini alohida qayd etdi.
Murabbiyga ko‘ra, Markes bir nechta pozitsiyada foydali bo‘la oladi: u «o‘nlik» rolida ham, tayanch yarim himoyada ham ko‘rinishi mumkin. Flik hatto uni zarurat tug‘ilsa, o‘ng qanot himoyasida ham tasavvur qilishini aytdi.
O‘yinda «Barselona»ning gollariga Robert Levandovski, Lamin Yamal va Mark Bernal mualliflik qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!