Barselona mavsum yakunida Flikdan ayrilib qolishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiy masalasida tavakkal vaziyatga tushib qoldi. Marca xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi Hans-Diter Flik joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, bunday ssenariy «ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta lavozimida qolmasa yuz berishi mumkin. Klubdagi prezidentlik saylovi 15 mart kuniga belgilangan.
Flik o‘zini Laporta jamoasining bir qismi deb biladi va faqat Laporta qayta saylangan taqdirdagina ishini davom ettirishga rozi bo‘ladi.
Hans-Diter Flik 2024 yil yozidan buyon «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing