11:09 / 03.03.2017
6 043

Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz

Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “PSJ”ga qarshi EChL nimchorak final javob o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar Parijda 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

“Oldimizda qiyin vazifa turibdi. Ammo uni uddalab bo‘lmas, deb ayta olmayman. Biz “Real”ga 4 ta gol urganmiz, “PSJ”ga ham ura olamiz”, – dedi urugvaylik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2015/16 yilgi mavsumda La Liga 12-turida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz