Egor Titov Liverpul va Manchester Siti o'yiniga taxmin bildirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va Moskvaning «Spartak» klubi afsonalaridan biri Egor Titov APL 25-turidagi markaziy bahs — «Liverpul» va «Manchester Siti» uchrashuvi uchun o'z prognozini berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Titovning fikricha, «Siti» bu o'yinda gol o'tkazib yuborishi ehtimoli yuqori: «Liverpul» hujum chizig'i so'nggi paytlarda ancha jonlandi va oxirgi to'rtta uchrashuvda 15 ta gol urdi. Shu bilan birga, «shaharliklar» ham oldingi chiziqda o'yinini topib oldi. Ekspert «ikkalasi ham gol uradi» varianti ma'qul ekanini ta'kidladi.
«Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuvi «Enfild» stadionida yakshanba, 8-fevral kuni bo'lib o'tadi. Bahsning boshlanishi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan).
APL turnir jadvalida «qizillar» hozirda 6-o'rinda, «Manchester Siti» esa 2-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!