date

Mostovoy Valensiya Real bahsida aniq hisobni aytdi

Mostovoy Valensiya Real bahsida aniq hisobni aytdi

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida Madridning "Real" jamoasi safarda "Valensiya" bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuv haqida Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ekspertning aytishicha, agar Mbappe maydonga tushsa, "qaymoqranglilar" uch ochkoni qo'ldan boy bermasligi kerak. Mostovoy eng ehtimoliy ssenariy sifatida "Real"ning bir to'p farqi bilan g'alabasini ko'rmoqda — 2:1, deb hisoblaydi va natijani jamoalar o'rtasidagi sinf farqi hal qilishi mumkinligini ta'kidladi.

"Valensiya" "qirollik klubi"ni bugun, 8-fevral kuni "Mestalya" stadionida qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy Valensiya Real bahsida aniq hisobni aytdi