OAV Barselonning transferlar bo'yicha qarzlarini eslatdi

«Barselona» transfer bozori bo'yicha hali ham sezilarli miqdordagi to'lovlarni yopmagan. Transfer News Live ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar bitimlar yuzasidan umumiy hisobda qariyb 138 million funt (158,88 million yevro) qarzdor bo'lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xususan, «ko'k-anorranglilar» Rafinya transferi uchun «Lids» oldidagi majburiyatlarni to'liq bajarmagan — taxminan 42 million yevro.
Shuningdek, Jyul Kunde bo'yicha «Sevilya»ga qariyb 25,3 million yevro to'lanishi kerak.
Dani Olmo transferi yuzasidan «RB Leypsig» hamon taxminan 17,8 million yevroni kutmoqda.
Ferran Torres uchun «Manchester Siti»ga bo'lgan qarz miqdori esa qariyb 13,82 million yevroni tashkil etadi.
Robert Levandovski transferi bo'yicha «Bavariya»ga ham taxminan 9,8 million yevro to'lanmagan.
Manbaga ko'ra, bu ro'yxat yakuniy emas va klubning boshqa bitimlar bo'yicha ham to'lovlari qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!