date

Keyn va Olise Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Keyn va Olise Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Germaniya Bundesligasining 21-turi doirasida «Bavariya» o'z maydonida «Xoffenxaym»ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bavariya»ning asosiy tarkibi: Noyer, Stanisich, Upamekano, Ta, Devis, Kimmix, Pavlovich, Dias, Gnabri, Olise, Keyn.

«Bavariya» – «Xoffenxaym» uchrashuvi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Myunxendagi bahs tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

«Bavariya» hozirda Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Dortmundning «Borussiya»si esa bir o'yin ko'proq o'tkazgan bo'lsa-da, yetakchidan uch ochko ortda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn va Olise Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi