Shveytsariya termasining hujumchisining mashinasini o‘g‘irlashga urinishdi

«Renn» va Shveytsariya terma jamoasi markaziy hujumchisi Brel Embolo huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Futbolchining avtomobilini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketishga uringani xabar qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, 7-fevral kuni jinoyatchilar Emboloning bir necha yuz ming yevroga baholanadigan mashinasini olib qochmoqchi bo‘lgan, biroq reja amalga oshmagan. Hujumchi politsiyaga to‘rt kun avval ham shunga o‘xshash holat yuz berganini bildirgan.
Joriy mavsumda 28 yoshli Embolo barcha musobaqalarda 21 o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…