Barselona uy uchrashuvlarida mutlaq gʻalabalar qayd etdi

Yevropaning sakkizta yetakchi chempionati orasida faqat bitta klub o‘z maydonida hali biror ochko ham yo‘qotmagan. Bu natija Ispaniyaning «Barselona» jamoasiga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar La Ligada uyda o‘tkazgan 11 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. 7-fevral kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahsda «Barselona» «Malyorka»ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Ispaniya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Niderlandiya va Belgiya oliy divizionlarida esa endi uy o‘yinlarida kamida bir marta durang o‘ynagan yoki mag‘lub bo‘lgan jamoasiz klub qolmadi.
«Barselona» 24 turdan so‘ng 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. «Real» 4 ochko ortda bormoqda, madridliklarning bitta zaxira uchrashuvi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!