Xulian Alvares La Ligada 100 kundir gol ura olmayapti

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares "Betis"ga qarshi uchrashuvda (0:1) ham gol qurg'oqchiligiga yakun yasay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi yakshanba kungi bahsni asosiy tarkibda boshladi, biroq tanaffusda Aleksandr Sorlothga almashtirildi. Shunga qaramay, norvegiyalik hujumchi ham jamoani mag'lubiyatdan qutqara olmadi. Alvares barcha musobaqalarda ketma-ket 11 o'yindan beri gol ura olmayapti, e'tiborlisi, uning so'nggi uchta goli Chempionlar ligasida qayd etilgan. La Ligada esa 26 yoshli hujumchi 100 kundan buyon gol urmayapti — u oxirgi bor o'tgan yilning 1 noyabrida "Sevilya" darvozasini ishg'ol qilgandi.
Natijadorlikdagi muammolarga qaramay, mish-mishlarga ko'ra, Xulian Alvares hali ham "Barselona" hamda Angliyaning bir qator top-klublari diqqat markazida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!