Karvaxal Real Madridda o‘yin amaliyotidan norozi bo‘ldi

Madridning “Real” klubida o‘ng qanot himoyachisi Daniyel Karvaxal yana maydonga tushmadi. 34 yoshli futbolchi jarohatdan forig‘ bo‘lib, jamoa safga qaytganiga qaramay, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa tajribali himoyachini o‘yinga qo‘shishga shoshilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni “Valensiya”ga qarshi o‘yinda (2:0) ham Karvaxal zaxirada qoldi — bu uning ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda maydonga tushmaganidir. ESPN xabariga ko‘ra, bahs yakunidan keyin futbolchi juda ranjigan va jamoa fitnes-murabbiyi Antonio Pintus bilan suhbatda noroziligini ochiq bildirgan. Italiyalik mutaxassis uni ruhlantirishga uringan, biroq bu unchalik samara bermagandek.
Karvaxal joriy mavsumda “Real” safida 10 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Jamoa sardorlaridan biri bo‘lgan himoyachining shartnomasi esa kelasi yozda yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!