Ronaldu atrofidagi vaziyat Jezushning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezushning klubdagi kelajagi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatga bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin. 41 yoshli Ronaldu jamoa o‘yinlarini boykot qilmoqda va yozda klubni tark etishi ehtimoli bor. Jezush Ronaldu masalasi hal bo‘lmaguncha shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni istamayapti. 71 yoshli murabbiyning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.
“Al-Nasr”da Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq holat jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning klubdagi kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassis “Al-Nasr” bilan kelishuvga ko‘p jihatdan yulduzli vatandoshi borligi uchun rozi bo‘lgani aytilmoqda. 41 yoshli hujumchi jamoa o‘yinlarini boykot qilishda davom etmoqda, yozda esa klubni tark etishi ehtimoli bor. Al Nassr Zone Saudiya OAVlariga tayangan holda xabar berishicha, Jezush Ronaldu masalasi hal bo‘lmaguncha shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshlashni istamayapti. 71 yoshli murabbiyning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Jorje Jezush 2025 yil iyulida “Al-Nasr” boshqaruviga kelgan. U bungacha ikki yil davomida “Al-Hilol”ni boshqargan.






























Izohlar 0
…