date

Arbeloa Mestalyadagi g'alabani stomatologga borishga qiyosladi

Arbeloa Mestalyadagi g'alabani stomatologga borishga qiyosladi

La Liganing 23-turida Madridning «Real» jamoasi safarda «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda mehmonlarga uch ochkoni Alvaro Karreras (65-daqiqa) va Kilian Mbappe (91-daqiqa)ning gollari taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Alvaro Arbeloa «Mestalya»dagi bahsni oson bo'lmagan sinov sifatida ta'rifladi. Uning so'zlariga ko'ra, «Valensiya» bu stadionda «Real»ga qarshi har doim alohida ruhda maydonga tushadi, shu bois bu yerda g'alaba qozonish juda qiyin.

Arbeloa so'nggi yillarda «Real»ning «Mestalya»dagi natijalariga ham to'xtalib, oxirgi 11 yil ichida bu maydonda atigi uch marta yutishga erishilganini eslatdi. Bu safar ham jamoa sabr va fidoyilik ko'rsatgani evaziga yakunda o'z mehnati uchun mukofotlanganini ta'kidladi.

Tur yakunlariga ko'ra «Real» 57 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, peshqadam «Barselona»da esa 58 ochko. «Valensiya» 23 ochko bilan 17-pog'onada qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mestalyadagi g'alabani stomatologga borishga qiyosladi