Barselona Superliga loyihasidan chiqishni rasman tasdiqladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘tgan hafta oxirida Superliga loyihasidan chiqishini e’lon qildi. Bu qaror yuzasidan klub prezidenti Joan Laporta munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Laportaning ta’kidlashicha, Superliga amalda hayotga tatbiq etilishi qiyin bo‘lgan tashabbus bo‘lib, u ko‘proq xarajat talab qiladi, ammo aniq foyda bermaydi. «U yerda bo‘lish biz uchun noqulay edi, sababi “Real” bilan munosabatlarimiz ham eng yaxshi darajada emas», — dedi u.
Shuningdek, klub rahbari «Barselona» Yevropa futbol oilasiga qaytganini qayd etdi va hozir FIFA hamda UEFA rahbariyati bilan aloqalar ijobiy yo‘lga qo‘yilganini aytdi. Laportaga ko‘ra, klubning keyingi maqsadi — Yevropa futbolini rivojlantirish.
«Barselona»ning chiqishidan so‘ng, Superliga loyihasida yagona qolgan klub Madridning «Real»i bo‘lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!