Mbappe hakamlarni tanqid qildi va ularni masxara qildi

Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasida “Valensiya”ga qarshi safar o‘yinida hakamlar qarorlaridan keskin norozi bo‘ldi. DAZN kameralarida yulduzli hujumchining arbitrlar bilan bahsi ham qayd etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Epizodlardan birida Mbappe to‘rtinchi hakamdan ofsayd nega qo‘yilganini tushuntirib berishni talab qildi: “Bu yerda qanday ofsayd bo‘lishi mumkin? Menga izoh kerak”, dedi u.
To‘rtinchi hakam esa vaziyat kamerada “bahsli ko‘rinayotgani”ni aytib, “Kechirasiz, buni ichkarida muhokama qilamiz”, deya javob qaytardi.
Mbappe bu taklifni qabul qilib, tunnel tomonda ham tushuntirish so‘radi: “Mayli, unda ichkariga kiramiz va tushuntirasiz, chunki men tushunmadim”, dedi hujumchi.
Tanaffus paytida fransuz futbolchi yana o‘sha epizod bo‘yicha izoh olishga urindi, biroq hakam tomoni u bilan muloqot qilishdan tiyildi.
Mbappe bundan ranjib, hakamga: “Muhokama qilamiz deysiz, lekin hatto menga qaramaysiz. Ichkarida gaplashamiz degandingiz, men shu yerdaman, siz esa gapirmayapsiz”, deya e’tiroz bildirdi.
To‘rtinchi hakam tanaffusda ham sukut saqlagach, Mbappe Eduardo Kamavingaga fransuz tilida yuzlanib, hakamlarni “Masxarabozlar” deb atagani aytiladi.
Uchrashuv yakunida “Real” safarda “Valensiya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!