date

Noyer va Baumann Bundesligada darvozabonlar rekordini takrorladi

Noyer va Baumann Bundesligada darvozabonlar rekordini takrorladi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida taqvim Myunxenning «Bavariya» jamoasini turnir jadvalida uchinchi o'rinda borayotgan «Hoffenhaym» bilan ro'baro' qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv ikki klub posbonlari — Manuel Noyer va Oliver Baumann uchun Bundesligadagi o'zaro 27-o'yin bo'ldi. Shu tariqa ular darvozabonlar o'rtasidagi liganing rekord ko'rsatkichini takrorlab, avval bu natijani qayd etgan Ayke Immel va Uli Shtayn qatoriga qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» raqib tarkibidagi qizil kartadan unumli foydalanib, bahsni 5:1 hisobida yirik g'alaba bilan yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer va Baumann Bundesligada darvozabonlar rekordini takrorladi