date

Inter va Yuventus Bundesligadagi himoyachi uchun kurashadi

Inter va Yuventus Bundesligadagi himoyachi uchun kurashadi

Germaniyaning «Volfsburg» klubi himoyachisi Konstantinos Kulierakis A Seriyada faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega. Calciomercato xabariga ko‘ra, unga Italiya grandlari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli yunon futbolchisini «Yuventus» hamda «Inter» o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 30–45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kulierakis «Volfsburg»ga 2024 yil yozida kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda himoyachi 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter va Yuventus Bundesligadagi himoyachi uchun kurashadi