Endrik mavsum oxirida Realga qaytishi aniq bo'ldi

Endrik qishda "Real"dan "Lion"ga ijara asosida o'tdi va Fransiyada darrov foyda keltira boshladi. Shundan so'ng "to'quvchilar" ijarani uzaytirishni xohlayotgani haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Madrid klubi 19 yoshli braziliyalikni qaytarib olish niyatida. Futbolchining agenti ijarada sotib olish bandi yo'qligini eslatib, qaror allaqachon qabul qilinganini ta'kidladi: mavsum tugashi bilan Endrik yana "Real" futbolchisiga aylanadi. Keyingi mavsumda nima bo'lishi esa hozircha noma'lum.
Endrik "Lion" safida o'tkazgan 6 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing