Umtiti Messining gʻalabada ham gol izlashini aytdi

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Samyuel Umtiti Lionel Messining o‘yinga yondashuvi va g‘alabaga bo‘lgan talabchanligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Umtitining aytishicha, Messi uchrashuv taqdirini hal qilishga qodir futbolchilardan: jamoa 4:0 hisobida yutayotgan bo‘lsa ham, o‘zi gol ura olmasa, bundan qoniqmas ekan. Uning tafakkurida doimiy ravishda gol urish majburiyati bo‘lgan — bu esa buyuk futbolchilarga xos belgi, deya ta’kidladi u.
Shuningdek, Umtiti Messini jarima maydoni oldida “qatl qiluvchi” futbolchi sifatida ta’riflab, u qachon tezlikni oshirish, qachon o‘yinni sekinlashtirish kerakligini aniq bilishini aytdi. “Leo doim atrofga qaraydi, futbolchilarning joylashuvini baholaydi. Unga qarshi qanday himoyalanish bo‘yicha aniq retsept yo‘q — u oldindan aytib bo‘lmaydigan futbolchi”, — dedi Umtiti The Elevate House’ga bergan intervyusida.
Hozirda Lionel Messi AQShning «Inter Mayami» klubi safida to‘p surmoqda. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida sakkiz bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!