Roberto de Dzerbi Marsel bosh murabbiyligidan ketadi

"Marsel" bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi lavozimini tark etadi. Yanvar oyida tomonlar ajralish arafasida qolgan, biroq o'shanda klub italiyalik mutaxassisni ishni davom ettirishga ko'ndirgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda esa qaror qat'iy: jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, yaqinda bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng de Dzerbi ketishga qaror qilgan. Murabbiyda na klub rahbariyati, na futbolchilar bilan mojarosi yo'q, ammo u hozirgi vaziyatda hamkorlikni yakunlash to'g'riroq deb hisoblagan va "Marsel" ham bu fikrga qo'shilgan.
De Dzerbi provansalliklar jamoasini 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostidagi so'nggi uchrashuvda "Marsel" "PSJ"dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi — 0:5.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing