Nkunku Modrichning takrorlab bo‘lmas uzatmalarini e’tirof etdi

«Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku Luka Modrichning betakror futbolchi ekanini ta'kidlab, uning oyoq tashqi tomoni bilan beradigan uzatmalarini takrorlay olmasligini aytdi. Fransiyalik futbolchi 40 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi 45 yoshgacha bemalol o'ynashi mumkinligini bildirdi. Modrich o'tgan yozda «Real»dan «Milan»ga o'tib, klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan. U joriy mavsum A Seriyasida 22 o'yinda 1 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Milan» hujumchisi, fransuz futbolchisi Kristofer Nkunku jamoaning 40 yoshli yetakchisi Luka Modrich haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nkununing aytishicha, Modrich maydonda betakror futbolchi: ayniqsa to‘pni oyoq tashqi tomoni bilan beradigan uzatmalari uni hayratga soladi. Hujumchi bu elementni qanchalik urinmasin, o‘zi takrorlay olmasligini tan oldi va xorvatiyalik yulduz 45 yoshgacha ham bemalol o‘ynashi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Modrich o‘tgan yozda Madridning «Real» klubidan «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi. Tajribali yarim himoyachi «rossoneri» bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum A Seriyasida xorvat futbolchisi 22 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 3 golli uzatma muallifi bo‘ldi.






























Izohlar 0
…