Luis Enrike Kvaratsxeliya PSJ uchun hal qiluvchi futbolchi dedi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning o'yini va holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Kvaratsxeliyaning sog'ayib, maydonga qaytayotganidan mamnun ekanini ta'kidladi. Enrikening aytishicha, klub rahbariyati futbolchini shoshirmasdan, uning qaytishini puxta rejalashtirgan, chunki Kvara mavsumning ikkinchi yarmida PSJning asosiy tayanchlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Murabbiy bu omil jamoaga yana yirik sovrinlar uchun kurashishda muhim kalit bo'lishini qo'shimcha qildi, deya iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransiya chempionatining 21-turidan so'ng PSJ 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!