Flik Atletikoga qarshi o'yin oldidan muammolar borligini aytdi

Flik Atletikoga qarshi o'yin oldidan muammolar borligini aytdi

Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter FlikAtletiko”ga qarshi safardagi uchrashuv oldidan jamoada kadrlar bilan bog'liq qiyinchiliklar borligini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis matbuot anjumanida Markus Reshfordning hozircha o'yinga tayyor emasligini ta'kidladi: “Bizda ayrim muammolar bor. Reshford tayyor emas. Bu yaxshi yangilik emas, ammo men jamoamga ishonaman”, — dedi Flik.

Avvalroq “Barselona” Rafinyaning tizzasida og'riq borligi sabab Madridda maydonga tusha olmasligini e'lon qilgandi.

Sog'liq bilan bog'liq muammolar tufayli “Atletiko”ga qarshi bahsda Andreas Kristensen, Rafinya, Markus Reshford, Pedri va Gavi o'ynamaydi. Flik bu futbolchilarning barchasi jamoa uchun muhim ekanini qayd etdi.

“Atletiko” — “Barselona” uchrashuvi 12 fevral kuni bo'lib o'tadi. Bu Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk o'yini, javob bahsi esa uch haftadan so'ng o'tkaziladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar