Viktor Font prezident bo'lsa, Messi bilan yarashishni maqtadi

Viktor Font mart oyida bo'lib o'tadigan «Barselona» prezidentligi saylovida g'alaba qozonishiga umid qilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri klubning Lionel Messi bilan sovuqlashib ketgan munosabatlarini qayta tiklash bo'lishi aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lumki, kataloniyaliklar 2021 yilda moliyaviy muammolar sabab Messi bilan shartnomani uzaytira olmagandi. Xayrlashuv matbuot anjumanida Leo ko'z yoshlarini tiyolmagan. OAVda argentinalik yulduzning Joan Laporta bilan munosabatlari ham yaxshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan. Shunga qaramay, Messi kuzda «Kamp Nou»dan surat joylagan, klub esa uning stadionga qanday kirib olganini bilmasligini bildirgan.
«Leoning “Kamp Nou”ga deyarli yashirincha kirishga majbur bo'layotgani, Messini yo'qotib, ammo “Real” bilan aloqalarni uzmaganimiz — buni kechirish mumkin emas», — dedi Font El Larguero dasturida.
Fontning ta'kidlashicha, «Barselona» uchun eng muhim yo'nalishlardan biri — Messi bilan yarashish. Agar saylovda yutsa, u Messiga «uch tayanchli» taklif berishni rejalashtirmoqda: institutsional, tijoriy va sport yo'nalishlarida.
Ayni paytda Lionel Messi MLSdagi «Inter Mayami» safida to'p surmoqda.
Shuningdek, Font saylovda g'alaba qozongan taqdirda klubda kimlar bilan xayrlashishi mumkinligi haqida ham gapirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!